39508.fb2 Rojdestvo arafasidagi tun - читать онлайн бесплатно полную версию книги . Страница 5

Rojdestvo arafasidagi tun - читать онлайн бесплатно полную версию книги . Страница 5

Shayton kulgancha:

— I-ye, hazilkash ekansan-ku! Qo‘y hazilingni, bas! — dedi baqirib.

— Shoshma, jonginam! Manavinga qarab qo‘y-chi, nima? — deb, darrov cho‘qingandi, shayton birpasda muloyim bo‘lib, qo‘zichoqdek yuvvosh tortib qoldi. Qeyin dumidan tortib yelkasidan tushirarkan, — to‘xta-chi, yaxshi odamlarni yo‘ldan ozdiradigan, gunohga boshlaydigan sanmi, shoshmay tur! — deb uning ustiga minib oldi, keyin cho‘qinmoqchi bo‘lib qo‘lini ko‘targan edi:

— Vakula, afv et! Nima buyursang bajo keltiraman, jonimni qiynama, tavba qildim, cho‘qintirma meni, xochingdan qo‘rqaman! — deb yalindi.

— Ha-ha! Endi boshqacha tiling chiqdimi, la’nati nemis! Nima qilishimni endi o‘zim bilaman. Hozir meni uchirib obor, qushdek uch!

Shayton g‘amgin qiyofada: «Qayoqqa?..» dedi.

— Petemburgga! To‘ppa-to‘g‘ri poshsho xotin oldiga oyoor!

Havoga ko‘tarilib uchishi bilan, temirchi qo‘rqqanidan yuragi orqasiga tortib ketdi.

* * *

Oksana temirchining g‘alati gaplarini o‘ylab, xayol surib qoldi. Temirchiga haddan tashqari jabr qilganini o‘zi ham bilib, ichida afsus yer edi. «Agar rostdan ham yomon bir ish qilib qo‘ysa nima bo‘ladi? Alamidan har narsa qilsa qilaveradi-da! Boshqa birovni yaxshi ko‘rib, o‘shani qishloqning barnosi deb maqtab yursa ham yuraveradi-da. Yo‘q, meni sevadi, mendan chiroyligi bormi! Mendan aslo ajralmaydi, hazillashib qo‘ydi-da! Un minut ham o‘tmasdan meni ko‘rgani yana qaytib keladi. Nafsambri, unga barahmlik qildim. Xohlamagandek bo‘lsa ham bir o‘pich beray. Bir suyuntiray!» Yengiltak go‘zal qiz o‘rtoqlari bilan hazillashib o‘ynab ketdi. Urtoqlaridan birsh

— Shoshmanglar, temirchi qoplarini esidan chiqazib tashlab ketibdi. Qaranglar, g‘alati qoplar-a. U ramazonni bizdaqa aytmabdi, unga bir nimtadan go‘sht ber. ganga o‘xshaydilar, kolbasa bilan non behisobdir. Mo‘lchilik, hayit o‘tguncha maza qilsak bo‘ladi, — dedi.

— Temirchining qoplarimi hali bu? — dedi Oksana ham. — Tez bo‘linglar, biznikiga oborib, yaxshilab qaraylik-chi, nimalari bor ekan.

Qizlarning hammasi kulishib, uning gapini ma’qulladilar.

Qizlar qoplarni ko‘tarib ko‘rib:

— Voy, bizlar ko‘tarolmaymiz, — deb chuvillashdilar.

— Shoshmanglar, darrov borib chana keltirib, chanaga ortib olib ketamiz, — dedi Oksana.

Qizlar chanaga yugurib ketdilar.

Munshi barmog‘i bilan qopni anchagina teshib qo‘ygan bo‘lsa ham, har holda qopga tushganlar juda zerikib qolishdi. Agar odam bo‘lmaganda, munshi bir iloj qilib chiqib olardi, ammo hamma qarab turganda qopdan chiqib, o‘zini-o‘zi mayna qilsinmi… Bu mulohaza uni sabr qilishga majbur etdi, shuning uchun, Chubning etigi ancha ezganiga qaramay, inqillab, sabr qilishga qaror berdi. Chub ham tagidagi narsa o‘tirishga noqulay, beso‘naqay ekanini sezib, u ham tezroq qutila qolishni xohlar edi. Ammo qizining boyagi so‘zini eshy. tishi bilan xotirjam bo‘ldi. Uyga yetguncha yuz qadam, balki ko‘proq yurmoq kerak. Qopdan chiqadigan bo‘lsa uyoq-buyog‘ini rostlab, po‘stinining bog‘ichini taqmog‘i, kamarini bog‘lamog‘i kerak, buning ustiga tumog‘i ham Soloxanikida qolibdi; shu mulohaza bilan, chiqmay o‘tiraverdi. Qizlar chanada eltib qo‘ysalar yaxshi emasmi, Ammo Chub o‘ylaganday bo‘lmadi. Qizlar chanaga ketgan» larida, anavi novcha, qotma og‘aynisi juda xafa bo‘lib araqxonadan chiqib keldi. Araqfurush xotin nasiyaga bermabdi. Bironta xudo yarlaqagan badavlat kelib qolib ichirarmikin degan umidda xiyla kutdi, lekin ak siga olganday, davlatmand boyonlarning barisi xudojo‘y xristian bo‘lganlaridan, uylarida bola-chaqalari bilan birga bo‘tqa osh yeb o‘tirardilar. U, odamlarning fe’li ketganligi, araqfurush juhud xotinning toshbag‘irligi to‘g‘risida o‘ylab borayotib, qoplarni ko‘rib, hayron bo‘lib to‘xtab qoldi. Uyon-buyonga alanglab qarab:

— Kim yo‘lga qopini tashlab ketibdi! Go‘sht-po‘shti bordir! Bitta-yarimta baxti ochilgan ramazon aytib yiqqanu shuncha narsani! Muncha bahaybat qoplar-a! Agar yasmiq unidan bo‘lsa ham, bug‘doy unidan bo‘lsa ham, ichi to‘la non bo‘lsa hamyomonemas. Nuqul chapati patir bo‘lsa tag‘in yaxshi. U ham shirin bo‘ladi. Araqfurush juhud xotin bitta patirga nimchorak araq beradi. Birov ko‘rib qolmasdan tezroq olib ketay! — Chub bilan munshi tushgan qopni orqalab olmoqchi bo‘ldi, lekin qarasa, juda og‘ir. — Bir kishiga og‘irlik qilarkan. Xayriyat, bo‘zchi Shapuvalenko kelyapti. Assalomu alaykum, Ostap!

Bo‘zchi ham to‘xtab, salom berdi.

— Io‘l bo‘lsin?

— Uzim. Oyog‘im qayoqqa tortsa shu yoqqa ketayotibman.

— Yaxshi kishi, shu qoplarni ko‘tarishvor. Birov ramazon aytib yig‘ib-yig‘ib, ko‘chaga tashlab ketibdi. Nima bo‘lsa bo‘lishib olamiz!..

— Qop? Nimasi bor ekan, patirmi, kulchami?

— Nima desang borga o‘xshaydi.

Darrov chetan devordan ikkita kaltak sug‘urib, qopni kaltakka qo‘yib yelkalab ko‘tarib ketdilar.

Bora turib, bo‘zchi:

— Qayoqqa oboramiz, araqxonagami? — dedi.

— Men ham o‘shatga boraylik degan edim-u, lekin badbaxt juhud xotin ishonmasdan, birovnikini o‘g‘irlab kelishdi, deb o‘ylarmikin deyman, undan tashqari, men hozirg‘ina u yerdan chiqdim. Biznikiga oboramiz, hech kim yo‘q, bemalol, xotinim uyda emas.

Bo‘zchi, ehtiyotkorlik qilib:

— Yo‘qligi aniqmi? — dedi.

— Xudoga shukur, aqlimizni yeb qo‘yganimiz yo‘q, agar uyda bo‘lsa jinni bo‘pmanmi borib. Tong otguncha xotinlar bilan valaqlashsa kerak, — dedi.

Ikki do‘stning dahlizdagi g‘ovur-g‘uvurini eshitib qolgan xotini eshikni ochib, «kimsan?» dedi.

Eri xotinining uydaligini bilib taxta bo‘lib qoldi.

Bo‘zchining ham qo‘llari shalvillab, «ana xolos!» dedi.

Uning xotini shunday qimmatbaho hazina ediki, bunday matodan dunyoda oz emas. Eri singari u ham sira uyda o‘tirmas, ertadan-kechgacha qo‘ni-qo‘shnilarnikida, badavlat kampirlarnikida yurib, ovqatlarini maqtabmaqtab, ishtaha bilan yer edi, eri bilan faqat ertalab urishardi, chunki goh-gohda faqat ertalab ko‘rmasa, bo‘lak vaqtda uni sira ko‘rmas edi. Uylari qishloq mirzasining cholvaridan ikki hissa eskiroq, tomlarining poxoli tushib ketib, uyer-buyeri ochilib qolgan edi. Gavrondan to‘qilgan chetan devor allaqachon buzilib, titilib ketgan, chunki o‘tgan-ketganlardan kimga it urgani kaltak kerak bo‘lsa, falonchining devori bor-ku, deb uydan kaltak olmay, uning devoridan sug‘urib ketardi. Pechkasi uch kunda bir yoqilar edi. Xotini saxiylardan nimaiki tama qilib so‘rab olsa, eridan yashirib, burchak burchakka tiqar va lekin eri topganini darrov araqxonada yo‘qotib kelmasa, zo‘rlik qilib qo‘lidan tortib olar edi. Eri shuncha vazminligi bilan ham xotinidan past kelishni xohlamas va aksari ikki qovog‘i ko‘karib, uydan chiqib ketar, qadrdon zaifasi esa oh-voh qilib, erining zulmidan, yegan kaltaklaridan qo‘shni kampirlarga hasrat qilgani jo‘nardi.

Bo‘zchi bilan og‘aynisining qanday sarosimaga tushib qolganlarini o‘zingiz tushunavering. Qopni yerga qo‘yib, ikkovi etaklari bilan to‘sib oldilar. Biroq, fursat o‘tdi, chunki kampir garchi ko‘zi xiraroq bo‘lsa ham, qopga allaqachon ko‘zi tushgan edi.

— Mana bu ishing yaxshi! — dedi xotin. Uning avzoyi jo‘jaga ko‘zi tushgan kalxatga o‘xshardi. — Ramazon aytib shuncha ovqat yig‘dingizmi, yaxshi odam hammavaqt shunaqa bo‘ladi, biroq o‘t-betdan urib kelganmisizlar, deb o‘ylayman. Qani, hozir menga ko‘rsating qopingizni, tez ko‘rsating deyman!

Eri kerilib turib:

— Boshida bir tuki qolmagan kal shayton ko‘rsatmasa, biz ko‘rsatmaymiz, — dedi.

— Bu narsalarni ramazon aytib topgan biz, seni ishing nima? — dedi bo‘zchi.

Xotini novcha erining iyagiga bir musht urib:

— Ko‘rsatmaysanmi hali, voy yashamagur bangi! — deb qopga chovut soldi.

Ammo eri bilan bo‘zchi mardlik ko‘rsatib, qopni bermasdan, uni chekinishga majbur qildilar. Lekin ular o‘zlariga kelguncha bo‘lmay, kampir qo‘lida temir kosov bilan dahlizdan yugurib chiqdi va kela solib, erining qo‘liga, bo‘zchining yelkasiga tushirib, qopning tepasiga kelib, o‘ziniki qilib oldi.

— Nega uni qop yaqiniga yo‘latding? — dedi bo‘zchi hushiga kelib.

— I-ye, men yo‘latdimmi, nega sen yo‘latding, axir! — dedi unisi shalvayib.

— Kosovingiz temirga o‘xshaydi-ya, — dedi bo‘zchi birpas jim turgandan keyin yelkasini qashirkan. — Utgan „il yarmarka bo‘lganda xotinim tangamiriga bio kosov olgan ekan, yomon emas… uncha og‘ritmaydi.

Zur chiqqan xotini qo‘lidagi qora chiroqni yerga qo‘, yib qopni yechib qaradi. Ammo qopni darrov ko‘rgan xi. ra kuzlari endi aldandi.

— Eh-ha, butun boshli to‘ng‘iz-ku! — dedi u suyunga. nidan chapak chalib.

— Eshitdingmi, butun boshli to‘ng‘iz ekan! Qildingqilding, sen qilding! — dedi bo‘zchi sherigini tur.

— Nima ham qila olardik, — dedi sherigi.