Hofiz Sheroziy - читать онлайн бесплатно полную версию книги . Страница 3
SOQIYNOMA
Fitnasin boshlagay bu kun ro‘zgor,Menu mayxo‘rligu yor — ko‘zi ayyor.Kel, soqiy, may keltir, tuzalsin ahvol,Yetishsin farog‘at, yetishsin kamol.Boda tut — yiqildim vayron o‘lib dil,Bu har ikkisidan olmadim hosil.Kel, soqiy, keltirgil sharob to‘la jom,Kayxusrav, Jamshidga yuboray payg‘om.Nay ila aytayin, eshitsin ulusQay biri Jamshidu qay biri Kovus.Fotihlik kimyosin keltir, ey soqiy,Qorun ganji Nuhdek topsin umr boqiy.Qadah tut — umringga umr qo‘shilsin!Orzuying eshigi shunda ochilsin!Soqiy, Jam jomidan tutgil shunday may,Yo‘qlikda obodlik lofini urgay.Menga berki, agar yorliq qilsa jom,Jamdek bilay olam sirrin batamom!Bu ko‘hna olamning sayridan gapir,O‘tmishdagi shohlar umrida ne sir?Bizga hamon manzil bu xarob jahon,Afrosiyob taxti ketmishdir qayon?Lashkarboshi Piron turmas oyoqda,Turon qilichbozi Sheda qayoqda?Piron qayga ketdi, lashkari qani?Turonli Sheda-chi, xanjari qani?Faqat taxtu qasri bo‘lmadi barbod,Mozorin ham hech kim aylamaydi yod.Hali ham bizlarga bekat biyobon,Tur lashkari unda gum bo‘lgan oson.Ne xush so‘z demishdi Jamshidi dono:Arpa doncha turmas besh kunlik dunyo!Soqiy, o‘shal tobnok otashni keltir,Zardushtni chiqorsin tuproqdan axir!Menga ber-chi, ichib bo‘lay rindu mast,Nazdida bir otash yo dunyoparast.Kel, soqiy, har kimda nihoniy iffat,Xarobot ichinda o‘ltirar faqat.May bergilki, badnom bo‘lmoq istayman,Xarobi mayu jom bo‘lmoq istayman.Andishaga olov solguvchi may ber,O‘rmonga o‘t qo‘ysin uni ichsa sher.Ichib, shergir falak boshiga boray,Bu keksa bo‘riga tuzoq ham solay.Shunday may ber, soqiy, jannatiy otashIla hur atrini qilib aralash.Bu xushbo‘ylikni ham uray otashga,Bir xushluq keltiray aqlu dil g‘ashga.May bergil, ey soqiy, keltirsin shohlikPokligidan ko‘ngil bersin guvohlik.May bergil gunohdan pok aylagan choq,Go‘rdan bosh ko‘taray, ishratda quvnoq.Ruhoniylar bog‘i bo‘lmish maskanim,Nechun taxta uzra banddadir tanim?Menga sharob ber-u, davlatim ko‘rgil!Xarob aylab, ganji hikmatim ko‘rgil!Men shunday qo‘limga qadah olgan onBo‘ladir ko‘zguda har sir namoyon.Mastlikda podsholik damin urgayman!Shohlikda gadolik damin urgayman!Mastlikda sir durrin terayin chandon,Behudlikda sirni kim tutar pinhon?Agar Hofiz qo‘shiq aytsa mastona,Zuhra rubob kuyi to‘lar osmona.Mug‘anniy, qaydasan, yangratib rubob,Shohona qo‘shiqni esga ol shu tob.Bexudlik yo‘lini tanlabon biz ham,Zikr sho‘x raqsiga tushaylik bul dam.Taxtu toj iqboli farovon bu kun,Daraxtida shohlik mevasi to‘kin.Zamon podshohi, zamin sardori,Davlat osmonining oyi, tojdori.Ul shohlik taxtining ustuvorligi,Baliqdan qushgacha tinchlik yorligi.Iqbol egalarin ko‘z nur hikmati,Sohibdil kishilar valine’mati.Alo, ey humoyu humoyunnazar,Farishtatabiat, muborakxabar,Falak sadafida sendek gavhar yo‘q,Faridun, Jamshidda sendek javhar yo‘q.Iskandar taxtida davron sur ko‘p yil,Donishmandlik ila kashf etib ko‘ngil.Birovning diliga tig‘ ursa ro‘zgor,Boshqa bittasini qilur mansabdor.Mug‘anniy, chalib ber yangi bir navo,Rubob chalib, ayla raqibga nido:Bu kun yov ustidan topurmiz zafar,Osmondan kelmoqda yaxshilik xabar.Mug‘anniy, xursandlik kuy-la qo‘sh hissa,G‘azal qavli birla boshlagil qissa.G‘am yukidan yerga botmishdir oyoq,Usuling zarbi-la qo‘zg‘atgil bu choq.Ulug‘lar ko‘nglini kuy ila shod et,Parvizu Borbadning nomini yod et!Mug‘anniy, pardadan shunday naqsh ol,Parda tagidagi gapni esga sol.Musiqa sadosin yangrat shu zayl,Nohid ham raqsga tushsin muttasil.Shunday chalki, so‘fiy hushidan ketsin!Mast bo‘lib, xayolan visolga yetsin!Mug‘anniy, childirma, sozingni soz et,Yaxshilik odati birla ovoz et!Firibgar jahonning qissasi ravshan,Homilador bu tun ne tug‘ar ekan?Mug‘anniy, ozurda xotirim kuyla,Yagona bo‘lsa ham bu sirim kuyla.Davrondan g‘am-alam ko‘radi dilim,Bilib bo‘lmas kimga intizor o‘lim.Mug‘ rindi yoqmoqda yana olovin,Kimning o‘chog‘ini buzar qalovi?Qon to‘kuvchi bunday qiyomat kuni,Kosayu ko‘zasi sinsaydi uni.Mastlarga ashula payg‘om yubormish,Ketgan do‘stlarga ham salom yubormish.Kel, soqiy, o‘shal may otashga oshno,Yubor, g‘amdan xalos bo‘lay mutlaqo!Menga may ber — ko‘ngil sultoni edim,Bu kun olis ketdim, dil joni edim.Kel, soqiy, kelaqol, umr — bevafo,May — vosita, unga gado bo‘l, gado!Faqat may umrga qo‘shadir umr,G‘oyibning eshigin har dam ochadir.Kel, soqiy, sharob suz, majlis et barpo,Dunyo bevafodir, dunyo bevafo!Uning qilmishidan shuni oldim yod,Kayqubod tojini ul etdi barbod.Kel, soqiy, dil komin maydan et talab,Dil oromin istab, ich kech, ertalab.Agar dardu g‘amga sabr etsa dil,Dildan qutqarmoqni maydan talab qil.Kel, soqiy, kosani qil limmo-lim may,So‘zlab beray nechuk o‘tdi Kisro, Kay.Kel, soqiy, dunyodan g‘aflatda qolma,Oxir qoning to‘kar — ichishdan tolma!Kel, soqiy, kelaqol, sarkashlik qilma,Sen ham tuproqdansan, o‘tdan deb bilma!Qadaxga mayni quy, yoqimli otash,Ayniqsa, sof bo‘lsa va ersa beg‘ash.Kel, soqiy, esganda xush bo‘yli nasim,Dunyoda qolmagay na oltin, na sim.Keltir, soqiy, boda bo‘lsin la’lin, sof,Qo‘lga tut, tugasin bu yolg‘onu lof.Tasbehu xirqadan bezorman mudom,May-la ikkovidan bo‘shat, vassalom!Mayxona kunjidan kelaqol, soqiy,Undan uzoqlashma, unda umr boqiy.Desa kim: mayxona yurursan nechun?Ne javob berursan? De: Xayrli tun!Keltir, soqiy, menga arg‘uvon qadah,Undan dilga shodlik va jonga farah.Menga tutgil, g‘amdan xaloslik berar,Bazmga ko‘rsatib yo‘l, xoslik berar.Kel, soqiy, may tutki, bo‘lsin jonparvar,Xasta dilga jondek g‘amxo‘r dilovar.May bergil, jahonga quray bir chodir,Sarpardam osmondan baland bo‘ladir!Kel, soqiy, quyoshdek, oydek, tutgil jom,Taxtim oyog‘ida falak, vassalom!Kel, soqiy, ko‘hna ul maixo‘rlik bo‘lsin!Mast bo‘lay, qadahing paydarpay to‘lsin!Beg‘ash qadahingdan agar bo‘lsam mast,Xush kuylarni kuylay men — ishratparast.Kel, soqiy, jannatdek bo‘ldi anjuman,Yuzingdan yashnadi misoli gulshan.Maydan chetga, soqiy, tushmaydir yo‘lim,Bir qadah boqiy may ila tut qo‘lim.Jonimni halqumga keltirdi davron,Mug‘lar dayri tomon yo‘l oldim ravon.Bu jahon g‘amidan naf yo‘qdir, hech naf,Uni qilmoq mumkin boda ila daf.Kel, soqiy, zavqbaxsh maydan suz bul kun,Ul maydan Raxshga minmoqlik mumkin.Tahamtan misoli olaylik maydon,Dilimiz komi-la qilaylik javlon.Kel, soqiy, uzatgil yoqutdek ichku,Shodlik eshigini dilga ochar u.Kel, soqiy, may tutgil misli Salsabil,Jannat borligidan dilga u dalil.May ber, sho‘x kuylasin childirmayu nay,Kay tojidan avlo menga unday may!Kel, soqiy, podshoh xuzuriga bor,Jamshid tojli shoxga so‘zim et oshkor:Benavo miskinlar dilini ovla,So‘ngra jahonnamo jomingni kovla…Mug‘anniy, chalgil chang ila arg‘anun,Ko‘ngildan quv nokas bu dunyo fikrin.Agarda bir zamon bo‘lsam xotirjam,Ko‘ngilda qolmagay na dardu na g‘am.Mastlarga ashula va jom yuborgil,Ketgan sronlarga salom yuborgil.Mug‘anniy, beri kel, men-la etma jang,Childirmaga qo‘l ur gar bo‘lmasa chang.Eshitdimki, boshga tushsa g‘am, balo,Childirma ovozi ko‘ngilga davo.Mug‘anniy, qaydasan, gul vaqtidir, gul,Chamanni chah-chaxga to‘ldirdi bulbul.Qonim qaynat, dilni urushga keltir,Bir nafas changingni xurushga keltir!Mug‘anniy, beri kel, uding bo‘lsin soz,Yangi-yangi navo aylasin ovoz!Bir nag‘ma ila qil dardimga chora,Dilim misli xirqa ayla sadpora.Mug‘anniy, ne bo‘lur qilsang lutfu qut,Naying birla dilga solsang otash, o‘t.Meni fikru o‘ydan xalos et bir dam,Dardim kuyib ketsin, barbod o‘lsin g‘am!Mug‘anniy, qaydasan, navo et niyat,Bizdek benavoga ber imkoniyat.Oxir bo‘shar ekan bizdan bu dunyo,Bilib qo‘y, shoxlikdan gadolik a’lo!Mug‘anniy, tinchima, kuyla chalib soz,Biz bechoralarga o‘zing chorasoz.Iroq yo‘lin ko‘rsat o‘zing chalib rudhKo‘zlarim suvini ayla Zindarud.Mug‘anniy, kel, eshit mendan ushbu pand,Mening tilim bilan so‘zlar donishmand.Agar g‘am boshlasa hujum — tuz lashkar:Childirma, rubob, nay, chang bo‘lsin askar.Mug‘anniy, sirimga sen yolg‘iz mahram,Bir muddat nay chalib, hamdam bo‘l bir dam.May birla uloqtir dilda bo‘lsa g‘am,Bir dam naying chalki, bir damlik olam.Mug‘anniy, qaydasan, chalsang-chi, rubob,Kel, soqiy, kosaga solsang-chi sharob!Kel, ishrat qilaylik o‘ltirib boham,Yengiltaklik qilib, kulaylik bir dam.Mug‘anniy, she’rimdan o‘qib bir g‘azal,Barbat kuyi ila dardga top amal.Kelaqol, dunyoga hirs qo‘yma zinhor,Kishi mol-dunyo-la topmagay qaror.Shoislom Shomuhamedov tarjimasi